Kuba poytaxtida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Kuba poytaxtida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Kuba poytaxti Havana shahridagi «Saratoga» mehmonxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Prensa Latina xabar berdi.

Portlash sababi hozircha aniq emas. Taxminlarga ko‘ra, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Portlash oqibatida mehmonxonaning bir qismi vayron bo‘lgan, yaqin-atrofdagi avtomobillarga shikast yetgan.

«Saratoga» mehmonxonasi Kuba hukumati binosi qarshisida joylashgan.

Mehmonxona 1880 yilda qurilgan va 2005 yilda rekonstruksiya qilingan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!