Kot-d'Ivuarda yetti nafar bola noma’lum kasallikdan vafot etdi

Kot-d'Ivuarda noma’lum kasallik tufayli yetti nafar bola halok bo‘ldi, yana 59 nafari kasalxonaga yotqizildi.
Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib AFP xabar berdi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikdan vafot etganlarning yoshi 5 yoshdan 12 yoshgacha o‘zgarib turadi.
“Kot-d'Ivuar markazida Buake shahri yaqinida joylashgan qishloqda yetti kishi halok bo‘ldi, yana 59 kishi kelib chiqishi noma’lum kasallik tufayli kasalxonaga yotqizildi”, — deb yozadi agentlik.
Qayd etilishicha, kasalxonaga yotqizilganlarning aksariyati bolalardir. Kasallikning belgilari orasida qusish va diareya mavjud.
Joriy yilning fevral oyida Buake shahri yaqinida joylashgan boshqa qishloqda ikki kishi Clostridia bakteriyasi bilan kasallangan 16 kishining o‘limida ayblanib, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.