“Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O‘zbekiston 126-o‘rinni egalladi

“Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O‘zbekiston 126-o‘rinni egalladi

Transparency International tashkilotining “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O‘zbekiston 2022 yil natijalariga ko‘ra, 180 ta davlat orasida 126-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston bu yilgi reytingda 31 ball olgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 5 ballga yuqoridir.

Hisobotda so‘nggi yillarda O‘zbekiston korrupsiyaning oldini olishni o‘zining ustuvor maqsadlaridan biriga aylantirgani, shu munosabat bilan korrupsiyaga qarshi muassasa tuzilib, shaffoflikni oshirish uchun davlat xaridlari bo‘yicha onlayn platforma ishga tushirilgani urg‘ulangan.

Mazkur reytingda Markaziy Osiyo mintaqalari orasida Qozog‘iston 101-o‘rinni, Qirg‘iziston 140-o‘rinni, Tojikiston 150-o‘rinni, Turkmaniston 167-o‘rinni egallagan.

Reytingda Daniya 1-o‘ringa, Finlandiya va Yangi Zelandiya 2-o‘ringa qo‘yilgan. Jahonning eng korrupsiyalashgan mamlakatlari qatorida esa Janubiy Sudan, Suriya va Somali kabilar sanalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!