Koronavirusning og‘ir shaklidan endi qo‘rqmaslik mumkin. Chunki...

Koronavirusning og‘ir shaklidan endi qo‘rqmaslik mumkin. Chunki...

AQShning Rash universitetining Tibbiyot markazi olimlari organizmda koronavirus xastaligining og‘ir shakli rivojlanishiga to‘sqinlik qila oladigan molekula ishlab chiqishdi.

Bu haqda “Journal of Neuroimmune Farmacology”da xabar berildi.

Yaratilgan kichik molekula, tadqiqotda ta’kidlanishicha, COVID-19 bilan bog‘liq o‘limning umumiy sababi bo‘lmish sitokin bo‘ronining oldini oladi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar sichqonlar ustida o‘tkazilgan sinovdan so‘ng ushbu molekula o‘pkani himoya qilishga, tana haroratini pasaytirishga hamda yurak faoliyatini yaxshilashga yordam berishini aniqlashgan.

Koronavirus gripp kabi mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligi bois olimlar COVID-19 sabab kelib chiquvchi yallig‘lanishni kamaytiradigan dori-darmonlar ishlab chiqarishga chaqirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!