Koronavirusning ikkinchi to‘lqinida maktablarni ochish kerakmi? JSST vakili javob berdi

Koronavirusning ikkinchi to‘lqinida maktablarni ochish kerakmi? JSST vakili javob berdi

JSSTning Yevropadagi vakolatxonasi direktori Xans Kluge koronavirusning ikkinchi to‘lqini fonida ehtiyot chorasi sifatida maktablar faoliyatini qayta tiklashga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarning ta’lim muassasalarini yopish to‘g‘risidagi qarori infeksiyaga qarshi kurashda ko‘p ham yordam bermagan. Shu bilan birga, masofaviy o‘qitishning salbiy ijtimoiy ta’siri aniq ko‘zga tashlangan.

"Bu og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarga ko‘proq ta’sir qiladi", deb yozgan Kluge tvitterda.

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 ko‘p tarqalgan Evropaning bir qator davlatlarida maktablar yopib qo‘yilgan. Ushbu qaror, xususan, Chexiya va Germaniya tomonidan qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!