Koronavirusning asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusning asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

Rossiya Federal biotibbiyot agentligining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Vladimir Nikiforov "Oqshom Vladimir Solovyov bilan" dasturida koronavirusning asosiy maqsadi nima ekanligini ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, viruslarning asosiy maqsadi ko‘payishdir. «Virus, agar shunday yomon narsa bo‘lsa va bizni o‘ldirmoqchi bo‘lsa, unda Yer allaqachon bo‘shab qolgan va hech qanday tirik jon bo‘lmasdi», deydi mutaxassis. 

Virus "kasal, ammo tirik organizmda" mavjud bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan  holda mutaxassis insoniyatni yo‘q qilish bilan virus o‘zini ham o‘ldirishini qo‘shimcha qildi.

"Barcha tirik mavjudotlarning maqsadi bor - o‘zlarini ko‘paytirish", dedi Nikiforov.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!