Koronavirusni hijoma bilan davolash mumkinmi?

Koronavirusni hijoma bilan davolash mumkinmi?

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni COVID-19 va boshqa kasalliklarni davolashda hijomadan foydalanish haqida ogohlantirmoqda.

Hujjatda Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, qon-tomir jarrohligi mutaxassisi Mambetakun Namazbekovning muqobil tibbiyot vakillarini koronavirusni hijoma bilan davolashni va’da qilgani uchun tanqid qilgan fikrlari keltirilgan. “Bu tibbiy usul emas. Hozir hijoma tibbiyot haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmagan kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Men tibbiyotda ushbu usulni qo‘llaydigan hech kimni ko‘rmadim», – dedi Namazbekov.  

U qon chiqarish muolajasini qo‘llash mumkinligini tan oldi, ammo bu muolajani faqat professional shifokorlar amalga oshirishi mumkinligini ta’kidladi. – So‘nggi paytlarda garchi bu faqat belgilar mavjud bo‘lsagina qo‘llanish mumkin bo‘lsa-da, hijoma ko‘pincha kasallik belgilari va nazoratsiz qo‘llanilmoqda. Muolaja faqat shifokorlar nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Masalan, buyrak arteriyalari tiqilib qolsa va bosim ko‘tarilsa, hijoma yordam bermaydi, chunki bu holda gormonal buzuqlik mavjud», - deydi jarroh.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda hijomaning foydalari haqida postlar jurnalist Tinchlik Oltimishev va qo‘shiqchi Kural Chokoyev tomonidan e’lon qilingan edi. Chokoyev tomonidan joylashtirilgan videoni 50 mingdan ortiq kishi tomosha qilgan, ba’zi foydalanuvchilar sharhlarda hijoma qilgan odamlarning kontaktlarini so‘rashgan.

Hijoma antik davrdan 19-asrning oxirigacha keng tarqalgan tibbiy amaliyot edi. Qadimgi shifokorlar suyuqliklarning nomutanosibligi barcha kasalliklarning sababi deb hisoblashgan. Zamonaviy tibbiyot ushbu proseduraning samaradorligini isbotlanmagan deb hisoblaydi. Shifokorlar, shuningdek, qon chiqarilishi natijasida ichki a’zolar yetishmovchiligi va infeksiyalarning yuqishi xavfini ta’kidlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!