Koronavirus Xitoy qamoqxonalariga ham kirib bordi

Koronavirus Xitoy qamoqxonalariga ham kirib bordi

Shandun viloyatida joylashgan “Jenchen“ qamoqxonasida virus tarqalishi oqibatida bir yo‘la 200 nafar mahbus va xavfsizlik xizmatining 7 nafar xodimi kasalga chalingani aniqlangan.

Turmadagi 2077 nafar mahbus tekshiruvdan o‘tkazilgan va ularning 200 nafarida virus aniqlangan. Ayni paytda ular alohida xonaga olinib, davolanmoqda.

Hukumat tarqatgan xabarga ko‘ra, fevral oyi o‘rtalarida qamoqxonaning xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri qattiq yo‘tala boshlagan. Ertasi kuni tekshiruvdan o‘tkazilib, uning koronavirus yuqtirgani tasdiqlangan. Shundan keyin turma rahbariyati virus tarqalib ketishining oldini olish uchun zudlik bilan kerakli choralarni ko‘rgan. Ammo kech bo‘lgan edi. Ro‘y bergan hodisa tufayli viloyat Adliya boshqarmasi rahbari Sze Veyszyun o‘z vazifasidan ozod etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!