Koronavirus qarishni tezlashtirishi mumkin

Koronavirus qarishni tezlashtirishi mumkin

“COVID-19”ning yana bir og‘ir asorati ma’lum bo‘ldi. Ushbu xastalikning hatto yengil formasi ham erta qarishga sabab bo‘lar ekan. Bu haqda AQShning Virjiniya shtatida joylashgan Jorj Meyson universiteti Tizimlar biologiyasi maktabi professori Ancha Baranova "RIA Novosti"ga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Olimaning aytishicha, noyabr oyida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida “COVID-19” dan tez va oson tuzalganlarning 70 foizida ba’zi ichki organlarning patologiyasi kuzatilgan. 

“Xastalikdan nafaqat yurak, balki jigar ham zararlanadi va yog‘li gepatoz, oshqozon osti bezi lipomatozi qayd etiladi. Odatda bunday tashxislar 60 yoshli kishilarga qo‘yiladi. Biroq koronavirusdan so‘ng bu kabi alomatlar 40 yoshli odamlarda ham uchrayotir”,  — deydi professor.

Baranovaning fikricha, koronavirus resurslarni so‘rib olishi va keksalikni yaqinlashtirishi bilan ham xavflidir. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!