Koronavirus pandemiyasi davrida amerikalik harbiy ekspertlar Rossiya va Xitoyning vaksinalarini obro‘sizlantirish uchun maqsadli hujumlar uyushtirgan

Koronavirus pandemiyasi davrida amerikalik harbiy ekspertlar Rossiya va Xitoyning vaksinalarini obro‘sizlantirish uchun maqsadli hujumlar uyushtirgan

Koronavirus pandemiyasi davrida amerikalik harbiy ekspertlar Rossiya va Xitoyning vaksinalarini obro‘sizlantirish uchun maqsadli hujumlar uyushtirgan.

Agentlikka ko‘ra, pandemiya avjiga chiqqan paytda ijtimoiy tarmoqlardagi soxta akkauntlar orqali Xitoyning Sinovac vaksinasi va Rossiyaning Sputnik V vaksinasining samaradorligi va xavfsizligi haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilgan. Xitoy ishlab chiqaruvchisiga asosiy zarba Filippinda amalga oshirilgan, jarayonda 2020 yilning yozida X tarmog‘idagi (sobiq Twitter) bir necha yuz akkauntlari ishtirok etgan. Shu bilan birga, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi (RFPI) tomonidan xalqaro bozorda ilgari surilgan Sputnik V ga qarshi yanada agressiv kampaniya boshlangan: jami 300 dan ortiq rejalashtirilgan ommaviy axborot hujumlari amalga oshirilgan.

AQSh harbiy kampaniyasining maqsadi Rossiya Federasiyasidagi emlash dasturiga putur yetkazish va Sputnik V ning xalqaro maydonda targ‘ib qilinishiga to‘sqinlik qilish edi. Xususan, Qo‘shma Shtatlar Braziliya hukumatiga bosim o‘tkazib, Sputnik V ni sotib olishdan voz kechishni talab qilgan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!