Koreyadagi barcha masjidlar yopildi

Koreyadagi barcha masjidlar yopildi

Janubiy Koreyadagi barcha masjidlar koronavirus epidemiyasi sababli 2 haftalik muddatga yopilgan. Bu haqda Zed News muxbiri xabar bermoqda.

Koreya musulmonlar federasiyasining qaroriga ko‘ra, ibodat qilinadigan barcha muassasalar vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatgan. Bunga mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni ko‘payayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ikki haftalik muddat tugagach, hokimiyat ko‘rsatmalari va tomonlarning fikrlari hisobga olingan holda yana uzaytirilishi mumkin.

"Odamlar eng ko‘p yig‘iladigan juma namozini ibodat qiluvchilar o‘zlari alohida ish joyi, uyida yoki onlayn rejimda amalga oshiradilar", deyiladi hujjatda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!