Konstitusiyada Ombudsman institutining vakolatlari yanada kengaygani yuqori baholandi

Konstitusiyada Ombudsman institutining vakolatlari yanada kengaygani yuqori baholandi

Angliya va UYEls yuridik jamiyati vakillari Debra Long va Triona Lenihan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ofisiga tashrif buyurdi.

Hozirda Finlyandiyada xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova uchrashuvda onlayn shaklda ishtirok etdi.

Muloqotda mehmonlar mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Ombudsmanning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.

Jamiyat vakillari O‘zbekistonda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etilib, bu borada olib borilayotgan islohotlar hamda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida Ombudsman institutining vakolatlari yanada kengayganligini yuqori baholadi.

Shu bilan birga, Ombudsman hamda jamiyat o‘z vakolatlaridan kelib chiqib, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Do‘stona va konstruktiv ruhda kechgan uchrashuvda tomonlar istiqboldagi hamkorlik loyihalari, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Advokatura to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xalqaro tajriba va standartlar darajasida takomillashtirish borasida o‘zaro fikr almashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!