Komissiya Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha navbatdagi tekshiruvini boshladi

Komissiya Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha navbatdagi tekshiruvini boshladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya a’zolari 2022 yilning 15 avgust kunidan yana Qoraqalpog‘istonda ish boshladi.

Avval, shu kunga qadar to‘plangan ma’lumotlar har tomonlama o‘rganilayotgani ma’lum qilingan edi.

Navbatdagi o‘rganish ob’ektlari avvalgi o‘rganishlarda shu kunga qadar to‘plangan ma’lumotlar tahlillari asosida tanlanib, ba’zi ma’lumotlarning qayta tekshirilishi ham ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!