Koloniyadagi erkakdan ham qarzdorlik undiriladi

Koloniyadagi erkakdan ham qarzdorlik undiriladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 18.12.2017 yildagi karzdor X.Xaitovdan undiruvchi  D.Haqberdiyevaning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 05.01.2018 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida ko‘chmas mulk, avtotransport vositasi yoki boshqa mol-mulklar, turar-joylar yo‘qligi aniqlangan.
Ijro hujjati yuzasidan qarzdorning Buxoro viloyat IIB JIEB.ga qarashli jazoni ijro etish koloniyasiga jazoni o‘tayotganligi aniqlanib, aliment undiruvi qarzdor mahkumning ish xaqidan ushlab borish maqsadida yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!