Diyetolog Tatyana Razumovskayaning fikriga ko‘ra, banan me’da shirasidagi kislota miqdorini kamaytirishga yordam beradi va shu orqali jig‘ildon qaynashini oldini oladi. Shuning uchun banan gastritda yaxshi yordam beradi.
Biroq, ekspertning fikriga ko‘ra, oshqozon-ichak trakti kasalliklarining o‘tkir bosqichida va ichak buzilishida bananni rasiondan chiqargan ma’qul.
Yashil bananlar natriyga boy va shuning uchun siydik haydash xususiyatiga ega. Yaxshi yetilgan mevalarning esa kuchsizlantiradigan ta’siri bo‘lib, qorin shishishiga va ichaklarda ortiqcha gazlar to‘planishiga olib kelishi mumkin.
Banan kaloriyaga nihoyatda boy mahsulot. Birgina meva bir soatlik qizg‘in sport yoki og‘ir jismoniy harakatda qancha kaloriya yo‘qolsa, shuncha kaloriya beradi. Ammo esda tutish lozim: quritilgan mevalar yangi uzilgan mevalardan besh baravar ko‘p kaloriyaga ega bo‘ladi.
Yana bir qiziq jihat, Xitoy olimlari banan tarkibidagi radioaktiv modda borligini e’lon qildi. Bu haqda WeCHat portalida ekspert xulosasiga havola bilan yangilik berilgan. Ionlashtiruvchi nurlanish homila tarkibidagi kaliy-40 izotopi tufayli yuzaga keladi, biroq tashvishlanishga hojat yo‘q - uning dozasi atigi 0,0778 mikrozivert.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.