Keyingi mavsumda A Seriyaning 5 ta klubi Chempionlar Ligasida ishtirok etadi, bu ko‘rsatkich 6 taga yetishi ham mumkin

Keyingi mavsumda A Seriyaning 5 ta klubi Chempionlar Ligasida ishtirok etadi, bu ko‘rsatkich 6 taga yetishi ham mumkin

Keyingi mavsumda A Seriyaning 5 ta klubi Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Musobaqaning yangi formatida hozirgidek 32 emas, 36 ta jamoa ishtirok etadi. Qo‘shimcha 4 ta kvotadan 2 tasi UYEFA koeffisiyentlar jadvalida klublari eng yaxshi natija ko‘rsatgan ligalar o‘rtasida taqsimlanadi.

Italiyaning “Roma” hamda “Atalanta” klublari Yevropa Ligasi yarim finaliga, “Fiorentina” jamoasi esa Konferensiyalar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. Ushbu natija sabab Italiya futbol federasiyasi birinchi bo‘lib Chempionlar Ligasida qo‘shimcha o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi yo‘llanma uchun Germaniya va Angliya klublari kurash olib boradi.

Ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Italiyaning 6 klubiga CHL yo‘llanmasi berilishi mumkin. Buning uchun italiyaliklar Yevropa Ligasida g‘alaba qozonishi, g‘olib esa mavsumni A Seriyada to‘rtinchi o‘rindan pastda yakunlashi kerak. Ayni paytda Italiya chempionatida beshinchi va oltinchi o‘rinlarni egallab turgan “Roma” va “Atalanta” aynan shunday yo‘llanmalarga ega chiqishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!