Kelgusi 7 yilda ilm-fan va innovasiyalarni rivojlantirish uchun 1 mlrd dollar ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev

Kelgusi 7 yilda ilm-fan va innovasiyalarni rivojlantirish uchun 1 mlrd dollar ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev

Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi.

Bundan tashqari, bio-texnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar iste’dodli yoshlarimizni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboramiz. Buning uchun 200 mln dollar yo‘naltiramiz.

Kelgusi 7 yilda ilm-fan va innovasiyalarni rivojlantirish uchun 1 mlrd dollar ajratiladi.

Biz hurmatli professor va akademiklar, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan magistr va aspirantlar, oliygohlar o‘qituvchi va domlalari, bir so‘z bilan aytganda, zahmatkash ilmiy va ijodkor ziyolilarimiz Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganini yuksak qadrlaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!