Kechasi baland ovozda qo‘shiq aytgan shaxs qamaldi

Kechasi baland ovozda qo‘shiq aytgan shaxs qamaldi

U.X. ismli shaxs bir yil davomida takroran 2024 yil 5 iyun kuni soat 02:25 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Matlubot ko‘chasida, ya’ni jamoat joyida tamaki va spirtli mahsulotlarini iste’mol qilib, atrof muhitni ifloslantirgan.

Shuningdek u baland ovozda qo‘shiq aytib, fuqarolarning tinchligini buzib o‘tirganida, IIO xodimlarining huquqbuzarlikni to‘xtatish va IIB binosiga borish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

U.H. MJtKning 561-moddasi, 161-moddasi, 185-2-moddasi 1-qismi, 187-moddasi 2-qismi, 192-moddasi 1-qismi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.

Unga MJtKning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!