Kecha yurtimizda 903 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi
2021 yil 10 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 139285 (+903) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌93 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌39 nafari Andijon viloyatida,
📌19 nafari Buxoro viloyatida,
📌75 nafari Jizzax viloyatida,
📌29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌18 nafari Navoiy viloyatida,
📌35 nafari Namangan viloyatida,
📌95 nafari Samarqand viloyatida,
📌24 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌94 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌85 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌39 nafari Xorazm viloyatida,
📌97 nafari Toshkent viloyatida,
📌161 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️Kecha kun davomida:
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida 95 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 18 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 66 nafar,
🔹Qashqadaryo viloyatida 34 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 23 nafar,
🔹Namangan viloyatida 43 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 127 nafar,
🔹Surxondaryo viloyatida 96 nafar,
🔹Farg‘ona viloyatida 76 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 51 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 82 nafar,
🔹Toshkent shahrida 121 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 132613 (+832) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
⚫️Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 948 nafarni tashkil qildi.
