Kattaroq to‘y o‘tkazishga qachon ruxsat beriladi?

Kattaroq to‘y o‘tkazishga qachon ruxsat beriladi?

Mamlakat miqyosida karantin cheklovlarini o‘rnatish, muddatini uzaytirish yoki bekor qilish faqatgina Respublika maxsus komissiyaning qarori asosida olib boriladi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 26 iyuldagi tegishli qaroriga asosan, mamlakatimiz bo‘ylab karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirilishi munosabati bilan to‘y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazmaslik bo‘yicha aniq cheklovlar keltirib o‘tilgan.

Mazkur cheklovlarni bekor qilish, to‘y va boshqa marosimlarga ruxsat berishning aniq muddati hamda to‘ylarda qatnashuvchilar soni haqidagi qaror Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi va e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!