Kattaqo‘rg‘onlik ayolni yechintirgan tergovchi mojarosi: “Janob vazir uyg‘ondimikin?!”

A A A
Kattaqo‘rg‘onlik ayolni yechintirgan tergovchi mojarosi: “Janob vazir uyg‘ondimikin?!”

Vaqti-vaqti bilan muxbirlar tili bilan aytganda «bomba»lar paydo bo‘ladi. Ular axborot olamida shu darajada kuchli portlash sodir etadiki, hech bir inson ta’sirlanmay qolmaydi. Kattaqo‘rg‘onlik ayolning tahqirlab yechintirilgani va kamiga bu videoning ommaga tarqatilgani, eng alam qilarlisi, bu ishni huquqni muhofaza qiluvchi xodimning o‘zi amalga oshirgani ana shunday «bomba» bo‘ldi va rasmiy OAVni chetlab o‘tib, internet olamida kuchli aks-sado berdi.

Fikrlar turli-tuman, ammo bitta nuqtada yakdillik bor — bu haqsizlik va qonunbuzarlikka chidab bo‘lmaydi, jim turmoqning iloji yo‘q!

* Ovozim boricha yig‘lagim kelayapti. O‘zimizda o‘zimiznikilar shunchalik xo‘rlashsa-ya… Chetda yurganlarning huquqlari poymol bo‘layapti deb jar solmasak ham bo‘larkan.

Dilfuza Sobirova, jurnalist

* * *
Hozir bir videoga ko‘zim tushib qoldi, uni oxirigacha ko‘rib bo‘lmaydi, tarqatib ham. «Ozodlik» chiqaribdi. Bizning milisiyamiz jinoyatda gumon qilib o‘zbek ayolini yechintirib, videoga olibdi kamiga.

Bizni himoya qilishi, qo‘riqlashi kerak bo‘lgan milisiyamiz ayollarimizni, opa-singillarimizni, millatdoshlarimizni haqorat qilayapti, ularning iffati, or-nomusiga tajovuz qilayapti. Ehtimol ayol jinoyatchidir, ammo u bunday tahqirga munosib emas!

Hoy, bizni kunu tun kuzatayotgan IIV mutasaddilari! Bu videoni o‘rganib chiqdingizmi? Xodimingizga chora ko‘rdingizmi yoki qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi qilib ko‘z yumasizmi bunday holatlarga? Qachongacha davom etadi bunday holatlar?

Samarqand va Kattaqo‘rg‘on o‘z uslubida: bo‘lmagan, hech kim, yolg‘on. Odamlar esa Samarqand IIBdan emas, balki vazirdan izoh kutayapti. Janob vazir uyg‘ondimikan?

Bitta buzoq podani bulg‘aydi deganday milisiyadagi shunaqa parazitlar hamma islohotlar, urinishlarni bir pulga chiqaradi.

Bu masala la’nati milisionerni jazolash bilan yakunlanmasligi kerak. Hali jamiyatda ayollar huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmi va qonuniy asoslari shakllanganicha yo‘q. Kuchaytirish, har qanday holatda ham ularga davlat organlari xodimlari ziyon yetkazadigan tirqishlar, yo‘llar qoldirilmasligi kerak.

Davlat xizmatchisi fuqaro bilan muloqotga kirishayotganda tarbiyasi, axloqi, shaxsining qandayligidan qat’i nazar qonun belgilagan me’yor va mezonlar, chegaralarni buza olmasligi kerak.

Iloji boricha bunday muloqotlarni kamaytirish, muloqot jarayonini shaffoflashtirish, nazorat va ayniqsa javobgarlik va jazoni qat’iy va hamma uchun (hatto prokurorning jiyani, zamnachalnik milisiyaning o‘g‘lini ham chetlab o‘tmasligi shart) muqarrar qilish lozim. Aks holda jamiyat, ayniqsa ojiz va himoyasiz qatlam bo‘lgan ayollar va bolalar bugungidek qiynoq va xavf ichida qolaveradi.

Sanjar Said, bloger

* * *
Onang demayman, zotan unda ayb yo‘q! Aybi sen marazni tuqqani. Lekin qizing shu ko‘yga tushsin!

Qamariddin Shayxov, «Qalampir.uz» sayti rahbari

* * *
Agar samarqandlik tergovchini qamoqqa tiqmasak O‘zbekistonda adolat yo‘q. Voz kechish kerak bunday tizimdan.

Sanjar Obid

* * *
Xalqni nomusda qoldirgan, dunyoga sharmanda qilgan melisa xalq oldida sud qilinishi kerak. Inson huquqlari bo‘yicha ombudsman qani? Nega indamayapti? Qonunda bormi yechintirish degan band?!

Ahad Jumanqulov

* * *
Kattaqo‘rg‘ondagi holatlar jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘layapti. Zora, bu hol ham kameraga tushmay qolgan ko‘plab zo‘ravonliklarning oldi olinishiga turtki bo‘lsa. Zora, shundan keyin davlat gerbi tushirilgan forma kiyib yurganlar davlatga munosib bo‘lib, muomala va madaniyatini to‘g‘rilasa… Zora…

Bekzod Ibrohimov, jurnalist

* * *
O‘zbekiston ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kattaqo‘rg‘on voqeasi bo‘yicha o‘z pozisiyalarini bildirishmaydimi? Axir bu voqea inson sha’nini, ma’rifatini va islomni toptash emasmi?! Yoki ular chuqur va ma’noli sukut saqlab o‘tirishaveradimi? Xalqqa biror narsa deng, taqsirlar, hamma junbushga kelgan!

Azamat Toshtemirov

* * *
Ichki ishlar tizimidagi islohotlar o‘z mevasini berayaptimi?

Azizbek Egamberdiyev

* * *
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Anvarovich Toshpo‘latov! Qo‘l ostingizda yana qancha mana shunday mulozimlar ishlaydi? Tezroq OAV orqali va FBdagi postlarga reaksiya qilib javob qaytaring. O‘sha mulozimning jazosini Alloh belgilab qo‘yib bo‘ldi. Hayvonlar ham o‘z avratini berkitib yurishga odatlangan. Lekin inson haq-huquqlari himoyalangan bir paytda bu hol yuz bergani, ayniqsa ayol kishining avrat hisoblangan barcha a’zolarining tasviri pastkashlarcha ommaga tarqatib yuborilgani hali ham IIBda pastkash insonlar borligini bildirib turibdi. Prezidentimizning odilona olib borayotgan siyosatiga, davlat boshqaruvi tizimidagi barcha xodimlarning shart-sharoitlarini yaxshilab berib, oylik ish haqlarini oshirib bergani, uy-joy bilan ta’minlab qo‘ygani, mashina bilan ta’minlab qo‘ygani, zamonaviy aloqa vositalari bilan ta’minlab berganiga javob shunday bo‘ldimi? Eh, qandaylarga qoldi bu tizim? Hammaga o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘lgan xodimlar o‘zlari rasvo bo‘lib tursa, boshqalardan nimani kutish kerak?

Muhriddin Usmonov

* * *
Samarqandda ayol tahqirlangan videoni hamma ko‘rdi va ko‘pchilik o‘z munosabatini bildirdi. Menimcha, bu kabi ishlarning oldini olish uchun huquqni muhofaza qiluvchi barcha organlarga telefon olib kirish mumkin emas dengan qoidani bekor qilish kerak. Telefonni olib qo‘yib ichkarida nima ishlar qila olishlari mumkinligini bu voqeadan ko‘rdik.

Nodirbek Alimov

* * *
Voyaga yetmagan shaxsni xo‘rlagan, keti uzilmay pora bilan ko‘lga tushayotgan, huquqlarini talab qilib videos’yomka kilayotganlarga tashlanadigan, ayollarni sochidan tortib, mashinaga joylaydigan, mardikorning pulini shilayotgan, ayollarni yechinishga majburlab, tahqirlayotgan, o‘zini «ichkarida» erkak hisoblab, ilojsiz odamlarni xohlagancha xo‘rlaydiganlar bor ekan, davlatimiz Rossiyaga, Koreyaga, Turkiyaga ishchilar yetkazib berishda davom etadi!

Shuhrat Ismatovich

* * *
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un! Kattaqo‘rg‘ondagi musibat xalqniki!
Nozimjon Hoshimjon

* * *
Qishloqdan biror bechorahol qarindoshingiz kelib, ikki kun mehmon bo‘lib qolsa, uchinchi kun senikida kim yashayapti deb yugurgilab kelishadi. Shahar shevasida gapirmasangiz, bu kelgindi ekan deb xonasiga olib borib, xuddi jinoyatchini tutganday so‘roq-tergov qilishadi. Haqiqiy jinoyatchilarni tut qo‘lingdan kelsa, jimgina ishini qilib yurgan odam bilan jinoyatchini farqlay olmasang nima qilasan vatan gerbi tushirilgan formani kiyib gerdayib? Sen uchun xalq ham, vatan ham, prezident ham, davlat ham bir tiyin ekan! O‘z xavfsizligini sendaylarga ishongan odamlar ahmoq bo‘lib yurgan ekan! Xo‘p, anavi ayol ashaddiy jinoyatchi ham deylik (holbuki, uning qilmishi sudda uzil-kesil aniq bo‘ladi), sen isqirtga uni xo‘rlashni, milliardlab nigohlar oldida sharmanda qilishni kim qo‘yibdi?
Elmurod Nishonov, jurnalist

* * *
Ular o‘g‘ri deb gumon qilingan ayolni emas, butun boshli millatni, xalqni, davlatni yechintiribdilar. Qonunlarimizni, orimizni, erkak degan nomimizni oyoqosti qilibdilar… Hayf, hayf, hayf.

Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis deputati

* * *
Men halol mehnat qilib, har oy davlatga 400-500 ming so‘m soliq to‘layman. Menga o‘xshaganlarning solig‘iga otni kallasidek oylik olib yana xalqni tahqirlayotgan bunaqa ifloslarga qanday jazo bersa ham baribir ko‘nglim joyiga tushmaydi. Gap faqat mana shu itda ham emas. Sohani qayta ko‘rib chiqish kerak.

Anvar Mustafo

* * *
Bu ichki ishlar tizimining haqiqiy basharasi. Tizimda bundan battarlariyam bor! Dengizdan tomchi bu!..

Ahmadjon Yusupov, jurnalist

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Xitoy aholisi Fransiya darajasida qisqarishi mumkin: Iqtisodiyot xavf ostida

Хитойдаги депопуляция (аҳоли сонининг камайиши) кўлами 60 миллион кишига етиши мумкин.

Angliya Kubogi finali: «Uembli»da «Manchester Siti» va «Chelsi» to‘qnashuvi

Англия Кубогининг 2025/26 йилги мавсуми финалида «Манчестер Сити» ва «Челси» жамоалари ўзаро тўқнаш келишади.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Navoiyda dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor!

Бугун, 2 май куни Зарафшон–Фасфарит автомобиль йўлида йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлди.

Xitoy AQSh sanksiyalarini bajarishdan bosh tortdi

Тегишли қарор Хитой Тижорат вазирлиги томонидан эълон қилинди.

Turkmanistonning dunyoga ochilish yo‘lidagi ilk va ehtiyotkor qadamlari – Reuters

Дунёнинг энг яккаланган мамлакатларидан бири ҳисобланган Туркманистонда сўнгги пайтларда сезиларли ўзгаришлар кузатилди.

Eron AQSh bilan urush "katta ehtimol bilan" qayta boshlanishini ma’lum qildi

Ушбу огоҳлантириш Доналд Трампнинг Теҳрон томонидан воситачи Покистон орқали тақдим этилган янги тинчлик таклифидан қаноатланмагани ҳақидаги сўзларидан кейин пайдо бўлди

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Avstriyada bolalar ozuqasiga kalamush zahrini qo‘shib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.

Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi

Маълум қилинишича, ҳолат 2 май куни соат 21:35 атрофида “Ғафур Ғулом” бекатида содир бўлган.

Niderlandiyaning ikki malikasiga suiqasd uyushtirildi

Маликалардан бири Амалия ўтган йилларда ҳам таҳдидлар олган эди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

​Cessna 421C русумли самолёт Остиндан тахминан 40 мил узоқликда жойлашган Уимберли шаҳрида, пайшанба куни соат 23:25 атрофида қулаган.

Malida zaif alyans: jihodchilar va separatistlar hamkorligi kuchaymoqda, ammo birlik barqaror emas

Мали ҳозирги йилларда энг жиддий хавфсизлик инқирозларидан бирини бошдан кечирмоқда.

Tramp Italiya va Ispaniyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bilan tahdid qildi

Дональд Трамп Италия ва Испаниядан норози эканини билдириб, ушбу давлатлардаги АҚШ ҳарбий контингентини олиб чиқиш масаласини кўриб чиқиш билан таҳдид қилди.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.