Kattaqo‘rg‘on tumanida fermer xo‘jaligi yer maydonining har bir gektarini 15 000 AQSh dollaridan sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Kattaqo‘rg‘on tumanida fermer xo‘jaligi yer maydonining har bir gektarini 15 000 AQSh dollaridan sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanida IIB bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.M. otasi rahbarligidagi “O‘.M.” fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonini fuqaro M.ga har bir gektarini 15 000 AQSh dollaridan hisoblab sotishga kelishib, 5 gektar yer maydoni uchun oldindan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!