Katanes: «Suriya kuchli jamoa, ammo uning kuchsiz tomonlari ham bor»

Katanes: «Suriya kuchli jamoa, ammo uning kuchsiz tomonlari ham bor»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Osiyo kubogi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Suriyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ertangi uchrashuvda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga va yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

Eldor Shomurodov biz uchun qanchalik muhim futbolchi ekanligini yaxshi bilasiz. Har qanday terma jamoa Masharipov va Shomurodov singari futbolchilarga ega bo‘lishni xohlaydi. Jamoamizda yetakchi futbolchilar ko‘p, biroq uning tajribasi bizga juda kerak edi. Murabbiy sifatida ayta olamanki, biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz.

Guruhdagi har bir uchrashuv biz uchun juda muhim, ayniqsa dastlabki bahs. Biz yetakchi va yosh futbolchilarimizdan kuchli jamoa tuzishimiz shart. Barcha uchrashuvga jiddiy yondashuv bilan tayyorgarlik ko‘ramiz.

Suriyaga qarshi avval ham ikkita uchrashuv o‘tkazganman, Suriya kuchli jamoa, ularga qarshi o‘ynash juda qiyin. Jamoaning kuchsiz tomonlari ham bor, ular haqida yetarli ma’lumotga egamiz. Aksariyat futbolchilari xorijlik, biz shunga e’tibor qaratishimiz kerak. Ertangi bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonamiz", — dedi Katanes.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!