Kaspiy dengizi suv sathi ikki yil ichida 0.5 metrga pasaydi

Kaspiy dengizi suv sathi ikki yil ichida 0.5 metrga pasaydi

Ural-Volgabo‘yi hududlarida joriy bahor mavsumi juda quruq va issiq kuzatilmoqda.

May oyi Yeketerenburgda 1.5 asrlik kuzatuvlar tarixidagi eng quruq va issiq may bo‘ldi. Kuzatuv stansiyasida deyarli yomg‘ir qayd etilmagan. Ural ob-havo byurosi gidrologlari bu yil hududdagi daryolarda deyarli toshqin kuzatilmaganidan taajubga tushishdi.

Volga daryosi Kaspiy dengiziga shu darajada kam suv kelib quydiki, natijada dengizning 2 yil oldingi qirg‘oq xolati 1 km ichkariga kirib bordi. Kaspiy dengizida orollar ko‘rina boshladi.

Ural-Volgabo‘yi hududlarida issiq va quruq havo bizning mintaqada ham juda kam yog‘in, issiq va quruq iqlimni shakllantirdi. Chunki, asosiy sovuq havo oqimlarining bizning mintaqaga kirib kelish marshruti o‘sha tomon hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!