Kasalliklarning 80 foizi ifloslangan suv orqali yuqadi

Kasalliklarning 80 foizi ifloslangan suv orqali yuqadi

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, suvning ifloslanishi suv orqali yuqadigan kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladi.

Ko‘pchilik, ayniqsa, bolalar ochiq suv havzalarida cho‘milganda ifloslangan suvni yutib yuborishi ham turli yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

“Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ekspertlari dunyodagi barcha kasalliklarning 80 foizi ifloslangan suv orqali yuqishini aniqladi.

Suvning kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar bilan zararlanishi qorin tifi, dizenteriya, vabo, virusli gepatitning "A" turi kabi bir qator yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘tkir ichak infeksiyalari – patogen enterobakteriyalar, shartli patogen qo‘zg‘atuvchilar va viruslar chaqiradigan, oshqozon-ichak traktining zararlanishi, intoksikasiya, degidratasiya (suvsizlanish) hamda turli asoratlar bilan kechadigan kasallikdir.

Qorin tifi, dizenteriya kasalliklarining asosiy belgilari tana haroratining 38-39 darajagacha ko‘tarilishi, qorinda tutib-tutib og‘riq paydo bo‘lishi, axlatning tez-tez, yiring va qon aralash qattiq og‘riq bilan kelishi, darmonsizlik va bosh og‘rig‘i hisoblanadi”, — deyiladi keltirilgan ma’lumotda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Virusli gepatitning "A" va "E" turlari umumiy holsizlik, ishtahasizlik, ko‘ngil aynishi, ovqatlangandan so‘ng qayt qilish, shilliq qavat va terining sarg‘ayishi bilan kechadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!