Karim Benzema: «Mashqlardan oldin Qur’on eshitaman...»

Karim Benzema: «Mashqlardan oldin Qur’on eshitaman...»

Fransiyalik futbolchi, «Real Madrid» ispaniya jamoasining vise-sardori va hujumchisi Karim Benzema har sport mashg‘ulotlari oldi Qur’on karim oyatlarini tinglashini aytgan.

Karimning oilasi asli jazoirlik. U o‘zini chin musulmon deb hisoblaganidan Ispaniya yozining jazirama issig‘i va mashg‘ulotlardagi qiyinchiliklarga qaramay, u har Ramazon ro‘zasini tutadi va masjidlarga ham ko‘p borib turadi.

«Kim menga gol urishimda yordam beradi? Albatta, Alloh» deb ta’kidlagan intervyularning birida hujumchi.

Shuningdek, Karim Benzema xayriya ishlari bilan ham mashhurdir. Futbolchi uch million yevroni Fransiyaning Lion shahridagi masjid qurilishiga ehson qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!