Karantin paytida immunitetni ko‘taruvchi ichimliklar

Karantin paytida immunitetni ko‘taruvchi ichimliklar

Shifokor-endokrinolog Yekaterina Yang koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan karantin davrida immunitetni mustahkamlash uchun qanday suyuqlik iste’mol qilish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Uning fikricha, moychechak choyi ajoyib profilaktik vosita hisoblanadi. Tarkibidagi xamazulen yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lib, teri, tomoq va nafas yo‘llaridagi bakterial infeksiyalarda shish va qizarishning oldini oladi.

Yallig‘lanishdan qiynalayotgan odamlar kuniga 1-4 piyola moychechak damlamasini ichishi yoki tashqi qo‘llashi lozim.

Zanjabil va yalpizli choy ham safro haydovchi va yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi kuchli vosita sanaladi.

«Zanjabil qondagi qand va xolesterin darajasini nazoratga oladi, yalpizli choy esa ta’sirlangan ichak sindromi alomatlarini yengillashtiradi, spazmolitik va antimikrob xususiyatlariga ega», — deb yozgan mutaxassis o‘z «Instagram»ida.

Bundan tashqari, eng foydali ichimliklar ro‘yxatiga ko‘k choy ham kiritilgan, u «antioksidant ta’sirga ega eng yaxshi ichimliklardan biri». Shuningdek, kurkumali choy («uning antioksidantlari immun funksiyani qo‘llab-quvvatlaydi va oksidlovchi stressni bartaraf etadi»).

Oltinchi o‘rinni Janubiy Amerikaning ramzi bo‘lgan mate ichimligi egalladi. Tarkibi — quritilgan yerba mate barglari: ular oziq moddalar, vitaminlar, minerallar, antioksidantlar, oshlovchi moddalar, aminokislotalar va xlorofillga boy.

«Choy ichayotganda ahvolingizga e’tibor bering. Haddan tashqari ko‘p choy diareya va allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holatda kuniga 1-2 piyola choy ichgan ma’qul. Bu aks ta’sirlar xavfini kamaytiradi», — deya maslahat beradi endokrinolog.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!