Karantin: MIB qarzdor fuqaroning mol-mulkini musodara qiladimi?

Karantin: MIB qarzdor fuqaroning mol-mulkini musodara qiladimi?

Ayni daqiqalarda AOKA shtabida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Shavkat Haydarov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

Brifingda eng muhim savollarga javob qaytarildi.

❓Karantin davrida majburiy ijro harakatlari to‘xtatiladimi? Yoki qay tartibda amaga oshiriladi?

❗️Bugungi karantin davrida davlat ijrochilariga quyidagi majburiy ijro etish choralarini qo‘llanishini hamda faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilishini KEYINGA QOLDIRISh tavsiya etilmoqda.

Ya’ni:

➖undiruvni turar joylardagi (yashash xonadonidagi) mol-mulkiga qaratish, shu maqsadda ularni xatlash va olib qo‘yish;

➖ijro hujjatida ko‘rsatilgan muayyan ashyolarni qarzdor jismoniy shaxsdan olib qo‘yish va undiruvchiga topshirish;

➖qarzdorni ko‘chirib chiqarish;

➖undiruvchini ko‘chirib kiritish;

➖er uchastkasini olib qo‘yish va o‘tkazish;

➖imorat (qurilma) ni buzib tashlash;

➖bolani olib berish va topshirish.

? Davlat ijrochilariga yuqoridagi ijro harakatlarini faqat kechiktirib bo‘lmaydigan hollardagina karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, hududiy boshqarma boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligi tushuntirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!