Kanadaga ishga yuborishini va’da qilib, 11 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Kanadaga ishga yuborishini va’da qilib, 11 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Samarqand shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

17 sentyabr kuni shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil avgust oyida Juyichuqur mahallasida yashovchi A.G‘. tanishi J.J.ni Kanada davlatiga ishlashi uchun jo‘natishni va’da qilib, 11 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. A.G‘. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!