Kanadada g‘ayrioddiy kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Kanadada g‘ayrioddiy kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Kanadadagi o‘rmon yong‘inlarining soni va ko‘lami barcha rekordlarni yangilashi mumkin. Bosh vazir Jastin Tryudo aytishicha, hozir Kanadada 414 ta o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda, ulardan 239 tasi nazoratdan tashqarida. 20 mingdan ortiq odam uylaridan evakuasiya qilingan, deya xabar yozmoqda BBC.

Faqat Kvebekda mahalliy o‘t o‘chiruvchilar bir vaqtning o‘zida 40 dan ortiq bo‘lmagan yong‘inlarni o‘chirish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramay, 150 dan ortiq faol yong‘inlar mavjud.

Ushbu yong‘inlar tufayli Amerika shaharlarida - Nyu-York, Vashington va boshqalarda ham tutun kuzatilmoqda. AQSh shimoliy qo‘shnisiga favqulodda yordam yubormoqda.

Kvebekdan tashqari Britaniya Kolumbiyasi, Alberta, Ontario, Yangi Shotlandiya va Shimoli-G‘arbiy hududlarda 3,3 million gektar o‘rmonlar yonmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!