Kanadada dunyodagi eng kichkina avtomobil kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Kanadada dunyodagi eng kichkina avtomobil kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Kanadada dunyodagi eng kichik – bir o‘rindiq hamda uch g‘ildirakli “Peel P50” avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi, deb xabar beradi “bringatrailer.com”.

Xabar qilinishicha, 1964 yilgi model uchun 35 ming dollar so‘ralmoqda.

Umuman olganda, dunyo bo‘ylab bunday 50 ta mashina bor bo‘lib, 1962 yildan 1965 yilgacha Britaniyaning “Peel Engineering” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Avtomobilda faqat bitta oyna artkich, bitta o‘rindiq, bitta eshik, uchta g‘ildirak va to‘rtta deraza mavjud.

Og‘irligi atigi 59 kilogrammni tashkil etuvchi ushbu avtomobil 2010 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng kichik avtoulov sifatida kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!