Kanada hind diplomatini chiqarib yubordi

Kanada hind diplomatini chiqarib yubordi

Kanada rasmiylari Hindiston razvedka idoralarining 2023 yil iyun oyida Kanada sikxlari jamiyati yetakchisi Hardip Singx Nijarning o‘ldirilishiga aloqadorligi bo‘yicha ayblovlar tufayli yuqori martabali hind diplomatini chiqarib yuborishga qaror qildi.

Bu haqda Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Biz Hindistonning yuqori martabali diplomatini Kanadadan chiqarib yubordik. Ottava o‘z ichki ishlariga hech qanday aralashuvga toqat qilmaydi", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!