Kamharakat hayot tarzi yurak uchun xavfli ekani aniqlandi

Xalqaro olimlar guruhi kun davomidagi harakat yurak sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilishini baholashdi. Ular oltita alohida tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilishdi.
Yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo‘yicha o‘limning asosiy sababidir. 2021 yilda har uchinchi o‘lim (20,5 million) shu bilan bog‘liq. 1997 yildan buyon dunyo bo‘ylab yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi qo‘yilgan odamlar soni ikki baravar ko‘paydi. Kelajakda bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etishi taxmin qilinmoqda.
Yangi tadqiqot mualliflari beshta davlatdan 15246 kishining ma’lumotlarini o‘rgandi. Har bir ishtirokchi 24 soat davomida ularning faollik darajasini va yurak holatini kuzatuvchi sensor taqqan.
Natijalar o‘rtacha va kuchli faollik foydali ekanini ko‘rsatdi. Kamharakat turmush tarzi salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Harakatsiz turmush tarzini atigi besh daqiqalik o‘rtacha harakat tarzi bilan almashtirish yurak sog‘lig‘ini sezilarli darajada yaxshilaydi. Misol uchun, tana massasi indeksi 26,5 bo‘lgan 54 yoshli ayolning yarim soatlik faolligi uning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning tana massasi indeksini 2,4 foizga kamaytirishga yordam berdi, deb xabar beradi mir24.tv.