Kamal Advan kasalxonasi ikkinchi kundirki, nasistlar tomonidan bombardimon qilinmoqda
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 414 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Zaytun mintaqasi, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Bugun tong sahardan beri bosqinchilar 38 kishini o‘ldirdi.
▪️Kamal Advan kasalxonasi ikkinchi kundirki, nasistlar tomonidan bombardimon qilinmoqda.
▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi: G‘azo shimolidagi qamal va davom etayotgan bombardimon boshlanganidan beri 2300 kishi halok bo‘ldi va bedarak yo‘qoldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafah, Jabaliya va G‘azo markazida bosqinchilarni yo‘q qilish amaliyotlarini o‘tkazdi. Bayt-Laxiyada ishg‘ol uskunalari yo‘q qilindi.
▪️BMT: Ochlik nafaqat G‘azo shimolida, balki Sektor markazi va janubida ham kuzatilmoqda.
▪️Nablusdagi G‘arbiy Sohilda qarshilik jangchilari ishg‘ol buldozerini portlatib yuborishdi. Xuddi shu shaharda bosqinchilar tez yordam brigadasini hibsga olishgan va kaltaklashgan.
▪️Bosqinchi Ben Gvir o‘nlab ko‘chmanchilar bilan birgalikda Ibrohim payg‘ambar masjidiga bostirib kirib, u yerda Talmud marosimlarini o‘tkazdi.
▪️Isroil samolyotlari Bayrutning Basta hududidagi bir nechta ko‘p qavatli binolarni yer bilan vayron qildi. Shu soatlarda 4 marhumning jasadi topildi.
▪️Nasistlar hujumida Baalbekdagi Dar al-Amal kasalxonasi direktori va muassasaning 6 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘ldi. Livanda urush boshlanganidan beri 226 shifokor hayotdan ko‘z yumdi.
▪️"Hizbulloh" Hayfadagi texnik bazaga, Akkadagi Shraga bazasiga zarba berdi, Xiyomda askarlar 5 marta o‘q uzdi va shu soatlarda Nahariya va Shlomiyada sirenalar yangradi.
▪️Gollandiyada nodavlat tashkilotlar "Isroil bilan savdo aloqalari davom etayotgani va G‘azodagi qirg‘inbarotga chek qo‘yishdagi muvaffaqiyatsizlik" ayblovi bilan hukumatga qarshi da’vo ochdi.
▪️Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Xalqaro jinoiy sudning hibsga olish qaroriga rioya etmasligini va Netanyaxuni mamlakatga taklif qilishini bildirdi.