Kaliforniyada 44 soat ichida uchta otishmada 19 kishi halok bo‘ldi

Kaliforniyada 44 soat ichida uchta otishmada 19 kishi halok bo‘ldi

AQShning Kaliforniya shtatida 44 soat ichida sodir bo‘lgan uchta ommaviy otishmada 19 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Birinchi hodisa Los-Anjeles yaqinidagi Monterey bog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Oqibatda 11 odam halok bo‘lgan. Bosqinchi raqs zalidagi odamlarga to‘pponchadan 42 marta o‘q uzgan.

Dushanba kuni tushdan keyin Kaliforniya shimolidagi Xalf Mun Bey shaharchasida yana yetti kishi otib o‘ldirilgan. Qurbonlar fermer xo‘jaligi ishchilari bo‘lgan.

O‘sha kuni Bey ko‘rfazi hududidagi Oklend shahrida ham otishma bo‘ldi. Klip suratga olish chog‘ida bir necha qurollangan bezorilar turli tomondan odamlarga qarata o‘t ochgan. Hodisa oqibatida sakkiz kishi tan jarohati olgan, ulardan biri vafot etgan, qolganlari shifoxonaga yetkazilgan.

2023 yilning birinchi haftalari Amerikada qonli voqealarga to‘la bo‘ldi.

Yanvar oyida butun mamlakat bo‘ylab 40 ta ommaviy otishma sodir bo‘lib, ularda 70 dan ortiq odam halok bo‘lgan va 160 kishi yaralangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!