JSST odamlarni “qotil” siroplardan ogohlantirdi

JSST odamlarni “qotil” siroplardan ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Janubiy va Shimoliy Amerika, Sharqiy O‘rta Yer dengizi, Janubi-Sharqiy Osiyo va G‘arbiy Tinch okeani mamlakatlarida tarkibida bolalarning o‘limiga sabab bo‘ladigan zaharli modda mavjud allergiya va yo‘tal siroplari aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Noyabr oyida Maldiv orollari oziq-ovqat va farmasevtika idorasi tomonidan Pharmix Laboratories korxonasida o‘tkazilgan tekshiruvda Alergo yo‘tal siropi tarkibida zaharli moddalar borligi aniqlangan. Keyingi testlar farmasevtika kompaniyasining bir qator boshqa dori vositalarida ham etilen glikol zaharli moddasi borligini aniqlangan.

JSSTga ko‘ra, Pokistonning "Pharmix Laboratories" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sifatsiz siroplar tarkibida avtomobil dvigatellari uchun sovitish suvi (antifriz) ishlab chiqarishda qo‘llanadigan etilen glikol birikmasi yuqori darajada mavjud. Aslida preparatdagi etilen glikol bilan ifloslanish darajasi 0,62 foizdan 0,82 foizgacha, ruxsat berilgan taqdirda ham 0,10 foizdan kam bo‘lishi kerak.

Shunga qaramay, ushbu zaharli modda "Alergo", "Mucorid", "Zinsell" siroplari va "Emidon" va "Ulkofin" suspenziyalarining 23 partiyasida topilgan.

JSST "ushbu sifatsiz dori-darmonlar bolalarga juda yomon ta’sirqilishi, hattoki o‘limga olib kelishi ehtimolidan" ogohlantirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!