JSST maymunchechakni rasman pandemiya deb e’lon qildi

JSST maymunchechakni rasman pandemiya deb e’lon qildi

Dunyoning 58 ta davlatida 3,4 mingdan ortiq maymunchechak kasalligi qayd etilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymunchechakni rasman pandemiya deb e’lon qildi.

JSST veb-saytiga ko‘ra, maymunchechak epidemiyasi sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat deb e’lon qilindi. Hozirda eng ko‘p yuqtirganlar Buyuk Britaniya, Ispaniya va Germaniyada. Rossiyada rasmiy ro‘yxatga olingan holatlar yo‘q.

Maymunchechak kasallangan odam yoki hayvon bilan yaqin aloqa yoki virus bilan ifloslangan material orqali yuqadi.

Chechak belgilari - isitma, mushak og‘rig‘i, bosh aylanishi, titroq, shishgan limfa tugunlari. Bir-uch kundan keyin toshma paydo bo‘ladi.

So‘nggi paytlarda o‘lim darajasi taxminan 3-6% ni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!