JSST: Hindistonda ishlab chiqarilgan sirop uch davlatda 300 dan ortiq odamni o‘ldirdi

JSST: Hindistonda ishlab chiqarilgan sirop uch davlatda 300 dan ortiq odamni o‘ldirdi

Ular orasida O‘zbekiston ham bor

“Dok-1 Maks” qurbonlarining katta qismi – 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

“So‘nggi to‘rt oy ichida mamlakatlarda dietilen glikol va etilen glikol miqdori yuqori bo‘lgani tasdiqlangan yoki shubha qilingan bolalar uchun reseptsiz yo‘tal siroplarini sotishning bir necha holatlari qayd etilgan. Bunday holatlar kamida yettita davlatda, jumladan – O‘zbekiston, Indoneziya va Gambiyada kuzatilgan”, deyiladi JSST hisobotida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” tufayli 20 nafar bola halok bo‘ldi. O‘lim sabab dori ekani tasdiqlansa, ularning ota-onalariga kompensasiya to‘lanishi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!