Joriy yilda 174 mlrd. so‘m qiymatida avtoraqamlar sotilgan

Joriy yilda 174 mlrd. so‘m qiymatida avtoraqamlar sotilgan

2022 yilning 6 oyi davomida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 174,0 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 10 foizga, hajmi bo‘yicha – 27 foizga o‘sgan.

O‘tgan davrda tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 93 foizi jismoniy shaxslar, 7 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 545,4 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 348,0 mln so‘mni tashkil qilgan.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 29 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 foizi ikkinchi, 13 foizi uchinchi, 9 foizi to‘rtinchi, 12 foizi beshinchi va 15 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (45 foiz), Samarqand (8 foiz), Buxoro, Farg‘ona va Qashqadaryo (6 foizdan) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!