Joriy yil 1 avgustdan elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi joriy etiladi

Joriy yil 1 avgustdan elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi joriy etiladi

Hozirda mazkur tizim sinov tarzida Yakkasaroy tumanida joriy etilgan. Bundan tashqari, uning mobil ilovasini ham ishlab chiqish belgilangan.

Joriy yilning 1 avgustidan O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi joriy etiladi.

Bu haqda 11 iyul kuni “Hududiy elektr tarmoqlari«da o‘tkazilgan matbout anjumanida korxona boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Spot» muxbiri.

Hozirda korxona iste’molchilariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hisobi 2012 yilda joriy qilingan billing to‘lov tizimi asosida yuritiladi.

«Bizga zamonaviy billing tizimi kerak edi, 2022 yilning oxirida yangi tizim bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqildi. Joriy yilning 1 avgustidan butun mamlakatda mazkur tizim yangilanadi», — dedi G‘aybullayev.

Uning qayd etishicha, hozirda mazkur tizim sinov tarzida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joriy etilgan.
Amaldagi tizimda abonentning ism-familiyasi, pasport ma’lumotlari va hisob-raqami bo‘lgan bo‘lsa, yangi tizimda abonentning kadastr ma’lumotlari, bitta odam nomida nechta hisob raqami borligi kabi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.

Yangi tizimda monitoring ishlarini olib borish maqsadida iste’molchining shikoyat va takliflari, ularning soni ham yozib boriladi. «Umuman boshqa billing bo‘ladi», deydi Alvar G‘aybullayev.

Bundan tashqari, tizimning mobil ilovasi ham ishlab chiqildi. U orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hamda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdorini onlayn olish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, u «aqlli» hisoblagich bilan ta’minlanganlik darajasi 90%ni tashkil etishini bildirdi. Hududlarda 782 mingta «aqlli» hisoblagichlar o‘rnatish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda shundan 210mingta abonent qolgan.

Joriy yilning 1 avgustigacha qolgan iste’molchilar ham «aqlli» hisoblagichlar bilan ta’minlanadi. Natijada, ko‘rsatkich 100%ga yetkazilishi, ya’ni mavjud 8,5 mln abonent qamrab olinishi kutilmoqda.

“Bir narsani aytish kerakki, mamlakatda 100% „aqlli« energiya hisoblagichlari o‘rnatildi, deb bo‘lmaydi, nimaga deganda, yillik o‘sish 2%ni tashkil etadi: aholi ko‘paymoqda, uy-joy qurilmoqda, ishlab chiqarish ortmoqda. Shunday ekan, ko‘rsatkichni 100% yetkazib bo‘lmaydi», — dedi u.

2023 yilning sentyabrida qabul qilingan prezident qarori bilan elektr energiyasi ulgurji va chakana bozorlari mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangan.

Hujjat bilan, «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasiga 2024 yil oxirigacha yangi billing tizimini joriy etish topshirilgandi. Joriy yilning fevral oyida korxona mazkur tizimni takomillashtirish maqsadida yagona billing tizimi ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgandi.

Yil boshida davlat rahbari elektr, gaz, suv, issiqlik, chiqindi, «kvartplata», soliq to‘lovlari bo‘yicha yagona billing hisob-raqamni joriy qilish kerakligini bildirgandi.

Avvalroq «Hududiy elektr tarmoqlari» ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, hisoblagichlardagi har bir ko‘rsatkich aniqlik bilan hisob-kitob qilinishini ta’kidlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda kuzgi ta’til vaqti e’lon qilindi

10 ноябрдан навбатдаги чорак бошланади.

Eron o‘rab olinmoqda

Систан ва Балужистон вилоятлари ҳамда Хуросон-Разавийда қурилиш ишлари аллақачон бошланган.

Rossiya Isroilga yuzlandi

Москва Исроилни огоҳлантирди.

Antarktida yashil rangga aylana boshladi

Олимлар сўнгги 40 йил ичида "кўкаламзорлаштириш" майдони 10 баробар ошганини айтмоқда

Ertalabdan Isroilga yuzlab raketalar tashlandi

Ливандан Исроилнинг шимолий ҳудудларига 70 га яқин ракета учирилди.

Eron ogohlantirmoqda...

Эрон БМТ Хавфсизлик Кенгашига мактуб юборди.

Koreys askarlari rus formasini kiydi... Endi frontga!

Шимолий Корея армияси аскарлари Украина фронтига жўнаб кетиш арафасида Россия ҳудудида машғулотлар ўтказмоқда. Интернетда кореялик ҳарбийлар акс этган видео пайдо бўлди.

"Real Madrid" Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan afsusda

Ромаин Молина "Реал" Килиан Мбаппе трансферидан мамнун эмаслигини айтди.

Kanada: Hindiston «dahshatli xato» qildi

Ҳиндистон ҳукумати Канада хавфсизлиги ва суверенитетига шу қадар тажовузкорлик билан аралашиши мумкин деб ўйлаб, даҳшатли хатога йўл қўйди.

Kelgusi haftada harorat yana pasayadi

«Ўзгидромет» 21-23 октябр кунлари кутилаётган об-ҳаво маълумотини тақдим этди.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Бундан тўрт кун олдин, яъни 2024 йил 23 сентябр куни Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш концепциясини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 600-сонли қарори қабул қилинди.

Koreya osmonida qiruvchi samolyotlar, dronlar...

Корея Республикаси ва АҚШ 110 га яқин самолёт, жумладан F-35 қирувчи самолётлари иштирокида «Озодлик байроғи» ҳаво машқларини ўтказмоқда.

Bu 7 oktyabrdagi hujumdan ham kattaroq hujum bo‘lardi

Сурия Мудофаа вазирлиги маълумотларига кўра, ҳаво ҳужуми оқибатида бир аскар ҳалок бўлган, етти нафари яраланган

BRICS sammitida 13 mamlakat “hamkor davlat” maqomini oldi

Оммавий ахборот воситалари хабарларига кўра, Ҳиндистон Туркиянинг ташкилотга тўлиқ киришига тўсқинлик қилмоқда.

Shimoliy Koreya qo‘shinlari Ukrainada jangga kirishsa, ular qonuniy nishonga aylanadi

Биз бу аскарлар Россия армияси билан жангга киришадими ёки йўқми, ҳозирча билмаймиз.

Putin Rossiyadagi KXDR harbiylari haqida gapirdi

Расмлар — жиддий нарса. Агар фотосуратлар бўлса, улар ниманидир акс эттиради.

Hizbullohdan aniq zarba: Isroil katta yo‘qotishlarga uchradi

Исроил йўқотишлар ҳақида хабар берди.

Putin Ukrainadan o‘t ochishni to‘xtatishning dastlabki shartini e’lon qildi

Путин 2022 йил февралида Украинага қарши уруш бошлаганидан буён мезбонлик қилган энг йирик халқаро форум бўлган Қозондаги БРИКС саммитининг якуний кунида сўзлади.

Germaniya «g‘alaba rejasi»ni ishlab chiqqan Zelenskiyni xafa qildi

Шольц Украинанинг НАТОга кириш таклифини рад этди.

Rossiya Kupyansk tomon harakatlanmoqda: shaharga zarba berildi

Харков вилояти губернатори Россиянинг Украина шимоли-шарқидаги Купянск шаҳрига берган зарбасидан кейин тўрт киши яраланганини айтди.

KXDRdan birinchi harbiylar guruhi Kursk viloyatiga yetib keldi — Ukraina razvedkasi

Машғулотлар Россия шарқидаги бешта полигонда бўлиб ўтди.

Chechenistonda noma’lum shaxslar qurolli hujum uyushtirdi

Росгвардия матбуот хизмати хабарига кўра, ўққа тутилиш натижасида ҳарбий хизматчилардан бири ҳалок бўлган, иккинчиси яраланган.

Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib halok bo‘ldi

Оқибатда машина йўл четидаги ариққа ағдарилиб кетган. Ўқувчи бола оғир тан жароҳатлари билан шифохонага ётқизилган.

Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Тахминларга кўра, ҳодисага кўчки сабаб бўлган.

Qozog‘iston Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermaydi

Остона бу чекловларни қўллаб-қувватламасада, Қозоғистон ҳудудидан Россияга қарши санкцияларни четлаб ўтиш учун фойдаланишга қарши.

Ayollar "Yagona Rossiya" ofisiga o‘t qo‘ydi

Пермда 24 октябрга ўтар кечаси икки аёл "Ягона Россия" партияси минтақавий бўлими ҳудудига Молотов коктейлини улоқтирди.

Xarris Trampni "fashist" deb hisoblaydi. Sobiq prezident unga javob berdi: "Buzuq miya."

Демократик партиядан АҚШ президентлигига номзод Камол Харрис ўз рақиби - республикачи Доналд Трампни "фашист" деб ҳисоблашини маълум қилди.

BRIKS sammiti G‘arbning Rossiyani yakkalab qo‘yish rejasi barbod bo‘lganini ko‘rsatdi - Duma spikeri

Вячеслав Володин саммитда муҳим қарорлар қабул қилинаётганини, унинг иштирокчилари доираси эса БРИКСнинг глобал миқёсдаги нуфузидан далолат беришини қайд этди.

Isroil armiyasi G‘azo markazidagi qochqinlar lagerlariga zarba berdi

Аввалроқ анклав шимолидаги Жабалия қочқинлар лагерида кучли отишма содир этилгани, 30 дан ортиқ фаластинлик Исроил зарбалари қурбони бўлгани хабар қилинганди.

Jinoyat: Isroil bir necha yuz ming livanliklarni uysiz qoldirdi

Исроил ҳужуми бошланганидан бери 420 мингдан ортиқ одам Ливанни тарк этди, 800 мингдан ортиқ ливанлик ўз уйларини тарк этган.

AQSh Ukraina fonida Koreya yarim orolida keskinlikni keltirib chiqarmoqdami?

Россия ҳам, Шимолий Корея ҳам шимоллик аскарлар Украинада жанг қилишини рад этмоқда.

Cheksiz jinoyatlar: Isroil Jabaliya lageridagi 20 kunlik qamalda 770 dan ortiq odamni o‘ldirdi

Ғазо шимолида фуқаролик мудофааси ишлари бутунлай тўхтади - вазият ҳалокатли даражада.

Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Сунъий интеллект соҳасидаги этика бўйича тадқиқотлар ва ишланмаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Беруний номидаги ЮНEСКО–Ўзбекистон халқаро мукофоти таъсис этилди.

Turkiya ommaviy axborot vositalari Anqaradagi terakt haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar uchun jazolanadi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Lukashenkoning aytishicha, Ukraina hukumati Rossiya bilan yadroviy mojaro bo‘lishini xohlaydi

Украина ҳукумати Россия иштирокида ядровий можаро бошламоқчи. Бундай фикрни Беларус президенти Александр Лукашенко билдирди, дея хабар беради «ТАСС» .

Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar va yaralanganlar sonini aytdi

Анқарада содир этилган теракт оқибатида 4 киши ҳалок бўлди, яна 14 киши яраланди. Бу ҳақда Туркия президенти Ражаб Эрдўғон маълум қилди , деб ёзади «Интерфакс» .