Jon Heytinga «Ayaks» bosh murabbiyi

Jon Heytinga «Ayaks» bosh murabbiyi

Niderlandiya milliy jamoasi va «Everton» klubi sobiq himoyachisi Jon Heytinga «Ayaks» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Amsterdam klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Jon Heytinga eng kamida mavsum yakuniga qadar jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlaydi.

«Ayaks» sobiq futbolchisi sanalmish 39 yoshli mutaxassis bungacha klubning yoshlar jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan edi.

Avvalroq, «Ayaks» Niderlandiya chempionati doirasidagi ketma-ket 7 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasidan keyin Alfred Sxroyderni iste’foga chiqargandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!