Johnson & Johnson koronavirusga qarshi vaksinasi narxi 10 dollardan oshmasligini aytdi

Johnson & Johnson koronavirusga qarshi vaksinasi narxi 10 dollardan oshmasligini aytdi

Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasiga tegishli Janssen farmasevtika kompaniyasi ishlab chiqaradigan koronavirusga qarshi vaksina narxi 10 dollardan oshmaydi. Bu haqda EFE agentligi xabar bermoqda.

Kompaniya vaksinani olti oy ichida sotuvga chiqarishni mo‘ljallamoqda.

"Biz vaksinani hamma joyda sotib olish mumkin bo‘lishini kafolatlashga harakat qilamiz, uning narxi 10 dollardan oshmaydi", - dedi Johnson & Johnson ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hoakin Duato.

Johnson & Johnson 2021 yil oxirigacha bir milliard dozadan ortiq vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!