Jo Bayden Turkiya va Suriyada halok bo‘lganlarga hamdardlik bildirdi

Jo Bayden Turkiya va Suriyada halok bo‘lganlarga hamdardlik bildirdi

AQSh Prezidenti Jo Bayden Turkiya va Suriyada halok bo‘lganlarga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishni topshirdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining bayonotida Turkiya va Suriyada minglab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli zilzila haqidagi xabarni katta zarba sifatida qabul qilgani aytiladi.

Jo Bayden va uning rafiqasi Jill yaqinlarini yo‘qotgan, jarohatlangan va uy-joyidan ayrilgan barchaga hamdardlik bildirdi.

Amerika prezidenti AQSh ma’muriyati Turkiya rasmiylari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi. J. Baydenning buyrug‘iga ko‘ra, AQShning yuqori martabali rasmiylari barcha zarur yordamni yetkazib berishni muvofiqlashtirish uchun darhol turkiyalik hamkasblari bilan bog‘landi.

Turkiya qidiruv-qutqaruv xizmatlari va AQShdan qutqaruv guruhlari jabrlanganlarga yordam berish uchun yuborilgan. AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan gumanitar sheriklar zilziladan vayron bo‘lgan Suriyaga ham yordam ko‘rsatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!