Jizzaxlik erkak otasi tengi odamni urib o‘ldirdi

Jizzaxlik erkak otasi tengi odamni urib o‘ldirdi

Joriy yilning 21 iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi, “Xayriya” MCHJga qarashli qurilish firmasi ishchisi, 33 yoshli B.Q. yuqoridagi MCHJ tomonidan qurilayotgan namunali uyda, o‘zaro janjal oqibatida birga ishlagan sherigi, Farg‘ona viloyatida yashagan, 63 yoshli X.R.ning boshiga yog‘och bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada X.R. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. B.Q. ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!