Jizzaxda YPX xodimlari formasida chiqish qilgan vaynerlarning javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi

Jizzaxda YPX xodimlari formasida chiqish qilgan vaynerlarning javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi

Sal avval Jizzaxda IIB formasini kiyib video olgan vaynerlar javobgarlikka tortilgan edi.

Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan ikki nafar vayner tayyorlagan hajviy videosi uchun huquqbuzar deb topilganligi haqidagi xabar o‘rganildi.

Aniqlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudining 13.03.2023 yildagi qaroriga ko‘ra, fuqaro U.O‘ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 209-1-moddasi, fuqaro D.U ushbu kodeksning 183-moddasi bilan huquqbuzar deb topilib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Sud qarori noqonuniy bo‘lganligi sababli, G‘allaorol tuman prokuraturasi tomonidan uni bekor qilish yuzasidan apellyasiya tartibida protest keltirildi.

Protestga asosan ma’muriy ish 18.03.2023 yilda Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, U.O‘ va boshalarning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb topilib, U.O‘ va D.Ular sud zalidan qamoqdan chiqarilgan holda ularning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!