Jizzaxda tuman hokimlarining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi

Jizzaxda tuman hokimlarining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi

Jizzaxda 10 ta tuman hokimligi va 9 ta davlat organida 38 925 ta normativ hujjat xatlovdan o‘tkazildi, deb xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.

Natijada jami 124 ta, ya’ni 78 ta qaror, 32 ta farmoyish, 14 ta chiqish xatlarini qabul qilishda qonunbuzarlik aniqlangan.

Jumladan,
🔸Baxmal, Do‘stlik, Zafarobod, Mirzacho‘l, Forish tumanlari hokimlarining turli qaror va farmoyishlari bekor qilingan.

🔸7 ta tuman hokimligiga qonun buzilish holatlarini to‘xtatish va bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!