Jizzaxda bezorilar ichki ishlar xodimlariga qo‘l ko‘tarib, jarohat yetkazdilar

Jizzaxda bezorilar ichki ishlar xodimlariga qo‘l ko‘tarib, jarohat yetkazdilar

19 iyul kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga telefon orqali murojaat qilib, qo‘shnisi E.S.ning uyiga 4 nafar noma’lum shaxs kelib, ularni tinchligini buzayotganligini ma’lum qilgan.

"Mazkur xabar yuzasidan tuman IIBda xizmat olib borayotgan leytenant SH.G‘. va leytenant Q.T.lar tartibni saqlash uchun E.S.ning uyiga yetib kelganlarida u yerda bo‘lgan Jizzax shahrida yashovchi J.Q. va A.H.lar leytenant SH.G‘.ning boshiga shisha idish bilan, leytenant Q.T.ning esa bosh va tanasinining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketganlar", deyiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Natijada leytenant SH.G‘. va Q.T.lar kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida J.Q. va A.H.lar qo‘lga olingan.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!