Jizzaxda 3 holatda olti nafar bola onasi bag‘riga qaytarildi

Ayol dunyoga kelibdiki, nozik yelkasida dunyo tashvishlarini ko‘tarib yuradi. Ota-onaga munosib farzand bo‘lish, aka-ukalari, opa-singillariga g‘amxo‘rlik qilish, Shuningdek, kelajakda yangi bir oilaning a’zosi sifatida qaynona-qaynota, turmush o‘rtog‘i, uning yaqinlarining ko‘nglini topish. «Turmush – to‘rt musht», deyishadi. Har bir oilaning o‘ziga yarasha qonun-qoidalari, pastu balandliklari mavjud.
Lekin ayrim sabablarga ko‘ra oilalar ajrashganda, ko‘p hollarda oilada ayol kishi ota uyiga ketishga majbur bo‘ladi. Endi bir mulohaza qilib ko‘raylik, turmush o‘rtog‘idan, yashab turgan uyidan ajragan ayolni ota uyida ham quchoq ochib kutib olmasligini tabiiy hol.
O‘sha yuragi yarimta bo‘lgan ayolni, agar u ruhan sog‘lom va ma’naviy buzuq bo‘lmasa, jondan aziz farzandidan ham ayirishini qanday tushunish mumkin.
Jumladan, Sud qarorlariga asosan davlat ijrochilarining harakatlari bilan Sharof Rashidov tumanida bir nafar farzand onasi bag‘riga olib berilgan bo‘lsa, shu kunning o‘zida Forish tumanida ham ikki nafar farzand onasi majburiy tartibda olib berilishi ta’minlandi. Shuningdek, tadbirlar davomida Baxmal tumanida uch nafar bola onasiga olib berilishi ta’minlandi.
Ha, azizlar! Ayollarimiz o‘z yaqinlari, oilasi, bola-chaqasi uchun o‘z jonini fido qilishga ham tayyor. Ayol ersiz qolsa qoladi, lekin hech qachon o‘z farzandlarini xor qilib qo‘ymaydi. Shuning uchun: «Otasiz yetim gul yetim, onasiz yetim sho‘r yetim», deb bejizga aytishmaganda.