Jismoniy mashqlar aqliy faoliyatni yaxshilaydi

Jismoniy mashqlar aqliy faoliyatni yaxshilaydi

Britaniyalik olimlar muntazam jismoniy mashqlar va uyquning miya faoliyatiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

Britaniyalik olimlar xulosasiga ko‘ra, atigi olti daqiqalik jismoniy mashqlar miya faoliyatini yaxshilay oladi va kognitiv jarayonlarga (idrok qilish, e’tibor, xotira, fikrlash) ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Aniqlanishicha, jismoniy mashqlar miyaga qon oqimini ko‘paytiradi va kislorod darajasini oshiradi. Bu esa aqliy faoliyatga yaxshi samara beradi.

Tadqiqot jismoniy mashqlar o‘rniga uxlashni afzal biladigan insonlarda kognitiv funksiyalar 1-2 foizga sustlashgani kuzatilganini ko‘rsatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!