Jinsiy yo‘l ila yuquvchi kasalliklar

Jinsiy yo‘l ila yuquvchi kasalliklar

Oxirgi vaqtlarda jinsiy yo‘l ila yuquvchi kasalliklar dunyo bo‘yicha boshqa kasalliklar qatori insoniyatni xavfga solib kelayotgan muammolardan biriga aylandi. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisobotiga ko‘ra har yili 250 milliondan ortiqroq kishi «gonoreya» kasalligiga va 50 milliondan ortiq kishi «sifilis» kasalligiga chalinadi. Tadqiqotlar bo‘yicha oxirgi 35 yil ichida tibbiyotga ma’lum bo‘lmagan ko‘plab jinsiy yo‘l ila yuquvchi kasalliklar paydo bo‘lgan.

Islom olimlari esa bu muammolarning yechimi dinimizda mukammal tarzda bayon qilib berganini ta’kidlaydilar. Dinimizda ham moddiy, ham ma’naviy poklik iymonning bir qismi darajasida e’tibor qilingan. Qur’on oyatlari, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hadislarida musulmonlarni shaxsiy poklikka buyurilgan va turli xil inson tabiatiga zid bo‘lgan amallardan qaytarilgan. Musulmonlar o‘z vaqtida bunga amal qilganlar va dunyoni tebratganlar. Bunga tarix guvohdir! Hozir ham o‘z dinining ko‘rsatmalariga amal qilayotgan mo‘minlar ikki dunyo baxtiga erishtiruvchi yo‘ldadirlar.

Fahshga berilgan, o‘z shahvatlarini to‘g‘ri boshqara olmagan, oila muqaddasligi va nasl-nasab pokligini fahmlamaydigan insonlar yashaydigan jamiyatda bunday kasalliklar albatta ildiz otadi.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qaysi bir xalqda fahsh tarqalsa, hatto uni ochiqcha qilsalar, ularda ota-bobolarida bo‘lmagan o‘lat (infeksion) va yuqumli kasalliklar tarqaladi».

Ibn Mojja va Hokim rivoyatlari.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam birgina hadis bilan butun dunyoni tashvishga solib turgan kasalliklarning kelib chiqish sababini va uning yechimini aytib bermoqdalar. Ushbu kasalliklarning sababi: jamiyatda fahsh tarqalishi va ochiq bo‘lishidir. Uning yechimi: jamiyatda fahsh tarqalishini, ochiqcha bo‘lishini oldini olish.

Xulosa shuki, o‘z jinsiy hayotini Alloh ko‘rsatmalariga asosan tashkillashtirish.

Ma’lumki Islomda birovga zarar keltirish harom. Shuningdek, bilib turib o‘ziga zarar keltirish ham harom ishdir. Bunga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari dalolat qiladi:

«Islomda zarar berish va zararlanish yo‘qdir».

Imom Molik rivoyati.

Demak yuqumli jinsiy kasalligi bor inson o‘z nikohidagi juftiga toki kasalidan to‘liq tuzalib olmaguncha jinsiy yaqinlik qilmasligi shart. Shuningdek, o‘zining nikohidagi juftida yuqumli jinsiy kasallik borligini bilgan inson uchun u bilan jinsiy munosabatga kirishishi mumkin emas.

Biz quyida bir qancha jinsiy yo‘l ila yuquvchi kasalliklarning eng tarqalganlarini sanab o‘tamiz. Buni sanab o‘tishimizdan maqsad - jinsiy yo‘l ila yuquvchi kasallik ila kasallanish ba’zi odamlar o‘ylaganidek uzoq narsa emasligi va jinsiy kasallik nafaqat o‘zining egasiga balki uning turmush o‘rtog‘i va bo‘lajak farzandlariga ham zarar keltirishini har bir musulmon bilishi lozim. Ular quyidagilar:

1. Gonoreya.

2. Nospesefik bo‘lgan olat infeksiyalari.

3. Sifilis (orttirilgan sifilis), (tug‘ma sifilis).

4. Trixomoniaz

5. Olat kandidozi.

6. Balanopostit; balanit.

7. Proktit.

8. Yumshoq shankr (Myagkiy shankr).

9. Venerik limfogranulema.

10. Chotorasi granulemasi (Paxovaya granulema).

11. Olat lishayi (Genitalniy lishay).

12. Olat o‘simtalari (Genitalnie narosti).

13. OITS (SPID).

Ushbu kasalliklarga jinsiy hayotini betartib olib boradigan, Allohdan qo‘rqmaydigan, oila muqaddasligini bilmaydigan, ayol va erkak zotini hayvon darajasida ko‘radigan, nafsini qondirishdan boshqa maqsadi bo‘lmagan odamlar chalinadilar.

Islom – to‘liq va barcha narsalarni o‘ziga qamrab olgan hayot yo‘lidir. Islomda hayotning har bir sohasida to‘g‘rilikda tengi yo‘q ko‘rsatmalari bor. Islom dini – inson hayotining bir qismi emas, balki inson hayoti Islomning bir qismidir.

Shu jihatdan sog‘liqni saqlash, kasalliklarga qarshi kurashish, shaxsiy gigiyena va tibbiyotning boshqa jabhalarida Islomning o‘z ko‘rsatmalari bor. Islomning ushbu ko‘rsatmalariga amal qilgan har bir erkak va ayolning jinsiy hayoti to‘laqonli bo‘ladi.

Afzal Abror tarjimasi

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!